Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Nigina Abduraimova Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari seriyasining Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tayotgan musobaqasi finaliga chiqdi. Abduraimova yarimfinalda xitoylik Kai-Lin Jangni 6:2, 3:6, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
18 iyulda bo‘lib o‘tadigan final bahsida Abduraimova yaponiyalik tennischi Miyu Kato bilan musobaqaning bosh sovrini uchun bellashadi.