11:46 / 19.07.2015
7251

Pokiston nashri O‘zbekiston neft sanoati tarixini hikoya qilib berdi

Pokistonning Election Times haftalik nashrida “O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoati” nomli maqola chop etildi. Unda mamlakatda ushbu sohaning qisqacha tarixi hamda bugungi ahvoli haqida fikr yuritildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Jumladan, O‘zbekistonda neft qazib olish 1885 yili Farg‘ona vodiysidagi Chimyon qishlog‘ida boshlagangani bayono qilindi. 1906 yili esa birinchi neft haydash zavodi qurilgan edi. Zavod ishlab chiqaradigan asosiy mahsulotlar kerosin va yoqilg‘i mazuti edi. Mahsulot karvonlar orqali Afg‘oniston va Xitoyga eksport qilinar edi.
1953 yili Qizilqum cho‘lidagi Setalantepa degan joyda, 1962 yili esa Gazlida transqit'aviy gaz quvurlari yotqizildi.
Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda xalqaro miqyosdagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan maqola muallifi Surgil konini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi dunyodagi eng yirik neft-gaz muasassalaridan biri hisoblanadi. Uning umumiy qiymati 3.9 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Top