22:44 / 19.07.2015
4323

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti: shaxmatning 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi haqida qaror qabul qilinmadi

Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida shaxmatning 2018 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga sport turi sifatida kiritilishi haqida yakuniy qaror qabul qilinmadi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti (FIDE) bilan doimo aloqada bo‘lib turibmiz. Ayni paytda bu masala muhokama qilinmoqda. Biroq hozirda shaxmat bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmadi”, deb aytdi Bax.

“Avvalambor, qishki Olimpiya o‘yinlari muz va qor bilan bg‘oliq bo‘lgan sport turlari uchun mo‘ljallangan”, deb aytdi Bax.

Avvalroq FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov Olimpiya o‘yinlarida ko‘rgazmali sport turi sifatida shaxmatning tez shaxmatlar va blits turi taqdim qilinishini e'lon qilgan edi.

Top