Sport | 12:17 / 20.07.2015
2029
1 daqiqa o‘qiladi

Inesta: "Barselona"da yangi mavsumda Xavining o‘rni bilinadi

"Barselona" jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta yangi mavsum arafasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

U o‘zinnig sobiq jamoadoshi, keyingi mavsumda Qatarning "Al-Sadd" jamoasida o‘ynaydigan Xavi Ernandesning o‘rnini bosadigan futbolchi "Barselona"da topilmasligi haqida gapirib o‘tgan.

"Biz Xavini sog‘inamiz. U o‘zini sevishga majbur etadigan o‘yinlarni namoyish etgandi", deydi Inesta.

Shu bilan birgalikda, u jamoaga qaytadan saylangan prezident Xosep Bartomeuga omad tilab, uning "Barselona" bilan o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritgan yutuqlari takrorlanishiga umid bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish