Sport | 11:46 / 20.07.2015
1877
1 daqiqa o‘qiladi

Rahim Sterling: «Manchester Siti» Angliya va Yevropada hukmronlik qilishga intilmoqda

"Manchester Siti"ning yangi a'zosi Rahim Sterling nima sababdan "shaharliklar" safiga o‘tganiga izoh berdi.

"Manchester Siti"ni tanlaganimning sababi, bu jamoa juda tez rivojlanmoqda. Klub Angliya va Yevropada hukmronlik qilishga intilmoqda. Har mavsumda YeChLda o‘ynash ham yoqimli. Bu musobaqa menga o‘zimni yuqori darajada ko‘rsatish imkonini beradi.

"Siti" tarkibidagi Aguero, Silva va Ture kabi futbolchilar bilan birga to‘p surish orqali tajribamni oshirishga umid qilyapman", - deydi Sterling.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish