O‘zbekiston | 14:43 / 21.07.2015
2118
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yili Buxoroga 150 ming sayyoh keladi

Joriy yilda Buxoro shahriga 150 ming sayyoh kelishi kutilmoqda. Bu haqda “Narodnoye slovo” gazetasi xabar bermoqda.
O‘tgan yili Buxoroga 126 ming turist tashrif buyurgan edi. 2015 yili bu ko‘rsatkich o‘sishi kutilmoqda.
Xorijiy mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash maqsadida shaharda yangi mehmonxonalar qurilmoqda, eskilari qayta ta'mirlanmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida 440 o‘rinli Bukhara Palace mehmonxonasi qurildi. Agar 20 yil oldin shaharda 4ta mehmonxona bo‘lgan bo‘lsa, bugun ularning soni 86taga yetdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish