07:37 / 21.07.2015
3525

AQShda ilk marta dron orqali hukumat jo‘natmasi tashildi

AQShning Virjiniya shtatidagi klinikalardan biriga uchuvchisiz qurilma orqali ilk marta hukumat tomonidan jo‘natilgan dori-darmonlar olib borildi. Bu haqda WSJ nashri xabar berdi.

Ushbu dron 10 funt miqdoridagi yukni 6 marta uchish orqali tashishi kerak bo‘lgan, lekin 2 marta muvaffaqiyatli parvozdan keyin qolgan yuk bir marta uchish orqali tashilgan. Bu tajribada Milliy aerokosmik agentlikka tegishli Cirrus SR-22 dronidan foydalanilgan.

Ma'lumot uchun, zamonaviy dronlar 5,5 funt miqdoridagi yukni olgan holda o‘zidagi quvvat bilan to‘xtovsiz ravishda 20 milgacha masofani uchib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Cirrus SR-22 uchuvchisiz qurilmasi faqat parvozga chiqishida va qo‘nishi vaqtida boshqarishga zarurat sezadi.

 

Top