06:53 / 21.07.2015
1677

"Atletiko" Savichning transferini e'lon qildi

"Fiorentina" jamoasining chernogoriyalik himoyachisi Stefan Savich o‘z faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradi.

24 yoshli ushbu futbolchi Madridda "Atletiko" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Biroz oldinroq, "matraschilar" ushbu himoyachining transferi uchun 12 mln yevro sarflagani va bunga qo‘shimcha ravishda Mario Suares "Fiorentina"ga ijara asosida jo‘natilgani ma'lum bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Savich Italiyaga kelgunga qadar Bolqonda "Borch" va "Partizan" jamoalarida, shuningdek, APLda "Manchester Siti" jamoalari safida o‘ynagandi.

Top