09:19 / 21.07.2015
3645

Ekspert: O‘zbekistonda ta'lim olayotgan diniy xodimlar ekstremizm yolg‘onlarini fosh qilishga tayyorlanadi

O‘zbekistonda bugungi kunda 2ta islom oliygohi va 9ta madrasa faoliyat yuritmoqda. Ularda ta'lim olayotgan diniy xodimlar ekstremizm yolg‘onlarini fosh qilish hamda ularning targ‘ibotiga qarshi kurashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Toshkent islom universiteti xodimi Sanjar Razzoqov bayonot berdi.

Toshkent islom universitetiga 1999 yili asos solingan. Ayni paytda u yerda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida ta'lim beriladi. Undan tashqari, O‘zbekiston hududida 9ta madrasa, al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti hamda imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi qoshidagi islom markazi faoliyat yuritmoqda.

“Butun davr mobaynida O‘zbekistonning islomiy ta'lim dargohlarini 7.5 ming kishi bitirib chiqdi”, – dedi O‘zbekiston musulmonlar boshqarmasi vakili Habibullo Kamolov.

Top