Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:37 / 21.07.2015
3824
1 daqiqa o‘qiladi
FIFA Blatterning matbuot-anjumanini buzgan komik aktyor ustidan politsiyaga da'vo arizasi berdi
FIFA Tsyurix politsiyasiga Yozef Blatterning matbuot-anjumanini buzgan britaniyalik komik aktyor Saymon Brodkin (Li Nelson taxallusi bilan ham taniqli) ustidan da'vo arizasi topshirdi, deb xabar bermoqda DPA.
FIFA noqonuniy tarzda hududga kirish bo‘yicha Brodkinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qilmoqda.
Avvalroq Shveytsariya politsiyasi Blatter o‘tkazgan matbuot-anjumanning boshlanishida Blatter o‘tirgan stol yoniga kelib, uning ustidan qalbaki dollar pullarini sochgan bu komik aktyorni hibsga olgan edi.