16:00 / 21.07.2015
7855

O‘zbekiston matbuoti: erta turmushga chiqish – xalqaro miqyosdagi muammo

Qizlarni erta turmushga berish, buning natijasida oilalarning buzilishi yoki nosog‘lom farzandlarning tug‘ilishi jahon miqyosidagi muammodir. Bu haqda “Jamiyat” gazetasida chiqqan maqolada aytilmoqda.
“... internet manbalaridan dunyoda bu masalaga qarash qanday ekanligi bilan tanishib chiqdim. BMTning bolalar jamg‘armasi (UNICEF) millionlab bolalarnin ko‘z yoshlariga sabab bo‘layotgan bunday erta turmushlarga chek qo‘yishni talab qilmoqda. Demak, bu xalqaro miqyosdagi muammo”, – deb yozadi muallif.
“Menimcha, – so‘zida davom etadi u, – erta turmush qurishning salbiy oqibatlari qanchalik mudhish ekanini, avvalo, yigirmaga ham kirmagan qiziga sovchi kelayotgan ota-ona, ayniqsa, hali kollej, litseyda o‘qiydigan qizga sovchi bo‘lib borayotganlar chuqurroq anglab yetishi kerak. “Qizim yosh deb o‘tirsam, shunday joydan quruq qolaman”, degan qarash asosida oila qurish, masalani shoshma-shosharlik bilan hal qilish ertaga nafaqat shu xonadon uchun, balki butun jamiyat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin”.

Top