11:29 / 21.07.2015
2857

Qibrayda piyonista ota o‘gay o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi kishi mast holda o‘gay o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bir kuni Aleksey uyga mast holda keldi, ammo, oradan biroz vaqt o‘tib, ko‘ngli yana ichkilik tusab qoldi. U o‘gay o‘g‘li Damirdan ichkilik olib kelishni talab qildi. Ammo o‘g‘li otasiga norozilik bildirdi. Ichkilik natijasida aqlini yo‘qotgan ota Damirga pichoq sanchdi.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi, Aleksey esa qamoqqa olindi.

Top