07:53 / 21.07.2015
10760

Xitoylik yigitda ko‘p miqdorda qovurilgan tovuq iste'mol qilish oqibatida gormonal o‘zgarishlar yuz berdi

Muntazam ravishda fast-fud mahsulotlarini iste'mol qilish salomatlikka jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bu zararli yegulik bilan suiiste'mol qilishning navbatdagi holati antiqa ko‘rinish oldi: 26 yoshli xitoylik erkak gormonlarda boqilgan qovurilgan tovuqni shunchalik ko‘p miqdorda tanovvul qilganki, uning ko‘kragi ayollarnikiga o‘xshab o‘sa boshlagan.

Xitoylik “fast-fud ixlosmandi” uning ko‘kragi sezilarli bo‘lib qolgandan keyin shifokorlarga murojaat qilishga qaror qildi. Aniqlanishicha, bunga xitoylikning qovurilgan tovuqqa haddan ziyod ruju qo‘yishi sabab bo‘lgan.

Bu buzilish ginekomastiya deb atalib, unda testosteron va estrogen gormonlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida erkak tanasida ayollarnikiga xos bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi.

Metro nashrining yozishicha, bu yerda gap faqatgina tovuqda bo‘lmagan. Ko‘rinishidan, yigitda avvaldan gormonlar bilan muammolar mavjud bo‘lgan, fast-fud esa uning kuchayishiga sabab bo‘lgan.

Shifokorlar bu yigitga bu nosog‘lom yegulikni har kuni yeyishni zudlik bilan to‘xtatishni va o‘z ratsioniga ozgina bo‘lsa ham sabzavotlar qo‘shishni maslahat berishdi.

Top