12:04 / 22.07.2015
2337

Benites «Real» yarim himoyachilari bilan taktika borasida 20 daqiqa suhbat o‘tkazdi

"Real" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites kechagi mashg‘ulotlar yakuniga yetgach, yarim himoyachilar bilan taktika borasida 20 daqiqa davomida suhbat o‘tkazdi.

Murabbiy 20 daqiqa davomida Luka Modrich, Toni Kroos, Kazemiro, Aser Ilyarramendi va Markos Lorente bilan gaplashib turgan.

Benites yarim himoyachilarning himoyada va hujumda birdek ishtirok etishi kerakligi haqida gapirgan. Murabbiy futbolchilariga qayerdan boshlab pressingga kirishish va qaysi pozitsiyalarni egallash lozimligini uqtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Benites biroz vaqt muqaddam himoyachilar bilan ham xuddi shunday tarzda gaplashib olgan edi. U yaqin vaqt ichida hujumchilar bilan ham xuddi shunday suhbat o‘tkazishi kutilmoqda.

Top