22:21 / 22.07.2015
2481

"Maribor"ni mag‘lub etgan Qozog‘istonning "Astana" klubi Chempionlar ligasi saralash bosqichida kurashni davom ettiradi

Chempionlar ligasi saralash bosqichining 2-raundida Qozog‘istonning “Astana” jamoasi Sloveniyaning “Maribor” klubini qabul qildi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda “Maribor” futbolchilari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. Javob uchrashuvida “Astana” klubi vakillari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi hamda Chempionlar ligasi saralash bosqichining 3-raundiga yo‘l oldi.

Chempionlar ligasi saralash bosqichi, 2-raund

“Astana”-“Maribor” 3:1 (0:1)

Gollar: Bauyrjan Djolchiyev, Roxer Kanyas, Patrik Tvumasi – Aleksander Raychevich

3-raunda “Astana” Finlyandiyaning “XIK” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

Top