Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Yevropadagi bosh qo‘mondoni AQSh va Ukrainaning Lvovdagi harbiy mashg‘ulotlariga tashrif buyuradi
NATOning Yevropadagi bosh qo‘mondoni general Filipp Bridlav Ukrainaning Lvov viloyatidagi AQSh va Ukrainaning harbiy mashg‘ulotlariga tashrif buyuradi, deb aytilmoqda Ukraina Vazirlar Mahkamasi saytida.
Bu haqda Bridlavning Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bilan uchrashuvidan keyin ma'lum qilindi.
“Biz sizning Ukraina qurolli kuchlari va milliy gvardiyasini yanada quvvatliroq, kuchliroq bo‘lishi va eng yuqori harbiy standartlarga javob berishi uchun qilayotgan barcha say'-harakatlaringizni juda qadrlaymiz”, deb aytdi Yatsenyuk muzokaralar davomida.