17:19 / 22.07.2015
11212

Peterburgdagi binolardan birining to‘rtinchi qavati balkoniga Maserati avtomobili joylashtirilgani aniqlandi

Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi kishilardan biri o‘zining Maserati rusumli avtomobilini uyining balkoniga olib chiqib qo‘ygani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda feysbuk foydalanuvchilaridan biri Ivan Makarov o‘z sahifasida xabar qilgan.

U Krestovsk orolidagi ko‘prikda mashinada harakatlanayotgan holda yo‘l yoqasidagi binoni tasvirga olgan va bu tasvirda yuqoridagi holat aks etgan.

Makarov bu lavhani post qilib ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Post ostida fikr bildirganlardan biri bu avtomobil qimmatbaho ekani va uning egasi o‘z mulkini o‘g‘rilardan himoya qilish uchun shunday yo‘l tutganini taxmin qilgan.

Top