Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda suv ta'minoti tarmoqlari qurilishiga 37.1 mln dollar ajratiladi
2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsion va yo‘l-transport infrastrukturasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi realizatsiyasi doirasida yaqin besh yil ichida Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi ta'minoti tarmoqlarini qurish va qayta tiklash ishlariga 37.1 mln dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
“Pravda Vostoka” gazetasi muxbirining yozishicha, loyiha doirasida 525 km li suv quvurlari quriladi va qayta tiklanadi.
Mablag‘ning 23 foizi yoki 8.6 mln dollar shu yilning o‘zidayoq o‘zlashtiriladi. Bu pullar yordamida 43 loyiha realizatsiya qilinadi. Ushbu loyihalarning 27tasi doirasida 68.2 km yangi quvurlar yotqiziladi.