14:57 / 22.07.2015
9163

Sherlok Xolmsning uyi Nazarboyevning marhum kuyoviga tegishli bo‘lgani aytildi

Huquq himoyachilari Londonda, Beyker strit-221B manzilida joylashgan Sherlok Xolms uy-muzeyi aslida kimga tegishliligini aniqladilar. The Independent nashrining Global Witness tashkilotining tekshiruviga asoslanib yozishicha, Artur Konan Doyl hikoyalarining bosh qahramoniga bag‘ishlangan ushbu muzey Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning marhum kuyovi Rohat Aliyevga tegishli bo‘lgan.
Aliyev kompaniyasi va oilasining advokatlari bu obektning ularga tegishliligini inkor qilmoqda. Kompaniya Virginiya orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
2007 yili Qozog‘istonda Aliyev “Nurbank”ning ikki vakilini o‘g‘irlashda ayblandi, Avstriya esa sud qarorining adolatliligini shubha ostiga olib, siyosiy qochqinni Qozog‘istonga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi. 2015 yilning 24 fevralida Rohat Aliyev Vena qamog‘ida o‘z joniga qasd qildi.

Top