Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:39 / 22.07.2015
4010
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda 1 kg.dan oshiqroq marixuana olib ketayotgan yo‘lovchi qo‘lga olindi
Toshkent shahrida ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan operativ tadbir natijasida Olmazor tumanida yashovchi, 42 yoshli shaxs "Bektemir" YPX maskanida to‘xtatib tekshirilganida, uning yonidan 1 kilogramm 3 gramm "marixuana" giyohvandlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.