Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:18 / 23.07.2015
2533
1 daqiqa o‘qiladi
Qoraqalpog‘iston tekstil korxonasi yaratishga 48 mln dollar ajratiladi
Qoraqalpog‘istonda beshta eski paxta tozalash zavodi negizida yangi yengil sanoat korxonasining tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Loyihaning qiymati 48 mln dollarni tashkil qiladi. Aytilishicha, uning ijrosi natijasida respublikada paxta tolasini qayta ishlash quvvati 50-60 barobarga oshadi.
Yangi korxonada qariyb 5 ming ish o‘rni yaratiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish