Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:26 / 23.07.2015
6950
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdagi supermarketdan 300 ming so‘mlik kiyim-kechak o‘g‘irlagan qiz qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan supermarketlardan birida sodir etilgan o‘g‘rilik fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Sunbulaxon ismli qiz barchaning ko‘zini shamg‘alat qilib, 300 ming so‘mlik kiyim-kechakni o‘g‘irlab, tashqariga chiqib ketgan. Buni payqab qolgan do‘kon xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishdi. Qiz uzoqqa ketishga ulgurmasidan qo‘lga olindi.