17:20 / 24.07.2015
2069

Arsen Venger: Faoliyatimni tugatish haqida o‘ylasam, tahlikaga tushaman

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Sky Sports nashriga bergan intervyusida futbolga bo‘lgan munosabati haqida gapirib o‘tdi.

"Faoliyatimni tugatish? Ha, bu haqida o‘ylayman, ammo besh soniyadan ortiq emas. Chunki darhol tahlikaga tushib qolaman.

Masalan "Old Trafford"dagi o‘yindan so‘ng Fergyuson bilan gaplashib qoldim va undan "Nahotki zerikmayotgan bo‘lsang?" - deb so‘radim. U "yo‘q", deb javob berdi. Uning hayotida futbol juda ko‘p o‘rin tutadi. U har bir o‘yinga boradi. Shuningdek uning poygachi otlari ham bor. Menda esa futboldan boshqa hech narsa yo‘q.

Men kabi ishga berilgan odam boshqa bo‘lmasa kerak. O‘z ishing bilan qay darajada shug‘ullanishing emas, balki uni qay darajada yaxshi ko‘rishing muhimdir", - deydi Venger.

Top