19:27 / 24.07.2015
7336

Dubayda 1.100 kg og‘irlikdagi tort tayyorlandi

Dubaylik qandolatpaz Gelli Kaluta 1.100 kg og‘irlikdagi tortni tayyorladi. Shirinlik 8 qavat bo‘lib, usti zarhal yulduzlar va Muqaddas Qur'ondan olingan oyatlar bilan bezatilgan. Konditer mazkur ulkan tortni tayyorlash uchun 3 kun vaqt sarfladi. Bundan tashqari u ro‘za tutgani uchun shirinlikni tayyorlash chog‘ida uning bir bo‘lagini ham tatib ko‘rolmagan, deb yozadi IslamReview. Ma'lumotlarga ko‘ra, tortga 1 000 kilogramm oliy sifatdagi shokolad, 50 gramm tort sharbati va 6 ta idishda iste'molga yaroqli tillarang bo‘yoq ishlatilgan.
Gigant tort Ramazon hayiti kunida «La Farine» restoranida namoyishga qo‘yildi va undan turli shakldagi shirinliklar tayyorlanib, tarqatildi.

Manba: Muxlis.uz

Top