18:45 / 24.07.2015
2155

O‘zbekiston tibbiyot sanoatida birinchi yarim yillikda 313 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakatning tibbiyot sanoati korxonalari 313 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqargan, bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 127 foiz ko‘proq mahsulotni tashkil etgan. Tarmoqning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 0,8 foizni tashkil qildi.

Hisobot davrida tarmoqda faoliyat yurituvchi yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan provitaminlar, vitaminlar va ularning hosilalari hajmi 2,3 barobarga, gormon yoki antibiotik saqlamaydigan dori-darmonlar hajmi 1,6 barobarga oshgan.

Top