07:25 / 24.07.2015
3833

Qirg‘iziston AQSh bilan tuzilgan insonparvarlik ko‘magi haqidagi kelishuvni bekor qildi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temur Sariyev 1993 yilda AQShning xalqaro rivojlanish USAID agentligi bilan hamkorlik haqida tuzilgan kelishuvni bekor qilishga farmon berdi, deb Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu hujjatga ko‘ra AQShning Qirg‘izistonga insonparvarlik va iqtisodiy ko‘magi ko‘rsatilishi tartibga solingan edi.

Hamkorlikning bekor qilinishiga AQSh Davlat departamenti tomonidan jurnalist Azimjon Asqarovga inson huquqlarini himoya qilishda qo‘shgan hissasi uchun mukofotning berilishi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda qamoq jazosini o‘tayotgan jurnalist qon to‘kilishlarga olib kelgan millatlararo adovatga gij-gijlash ayblovi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Asqarovga mukofotning berilishini qoralab, Vashington bilan kelishuvning bekor qilinishi bilan tahdid qilgan edi.

O‘z navbatida AQSh hukumati Bishkekning bu qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini, biroq kelgusida ham qirg‘iz xalqiga yordam berishda davom etishiga umid bildirgan.

Top