22:09 / 25.07.2015
3300

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi urinishda olimpiyachilarni mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetdi. Unda Samvel Babayan jamoasi raqibini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Boz ustiga uchrashuv shiddati ham u qadar yuqori bo‘lgani yo‘q. E'tiborli tomoni, bu safar ham Samvel Babayan asosiy tarkibda 8 nafar "Paxtakor" a'zosini maydonga tushirdi. Biroq bu qaror xuddi birinchi bo‘limdagidek kutilgan natija keltirgani yo‘q.

Ikkinchi bo‘limda tarkibda bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Maydonga Ilhom Shomurodov o‘rniga Temurxo‘ja Abduholiqov tushgach, o‘yinda jonlanish kuzatilgandek bo‘ldi. Hisob 66 daqiqada Odil Hamrobekov tomonidan ochildi. Oradan biroz vaqt o‘tib, 71 daqiqada Temurxo‘ja Abduholiqov ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston OTJ 2:0
Gollar: O. Hamrobekov (66), T. Abduholiqov (71)
O‘zbekiston MTJ: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimets, Sherzod Karimov, Davron Xoshimov, Farrux Sayfiyev, Akbar Ismatullayev, Ilhom Shomurodov, Stanislav Andreyev, Javohir Sohibov, Igor Sergeyev, Eldor Shomurodov.
O‘zbekiston OTJ: Abdukarim Muxammedov,Sirojiddin Raxmatullayev, Doston Tursunov, Muxsin Ubaydullayev, Akrom Komilov, Muzaffar Muzaffarov, Sardor Sobirxo‘jayev, Abbos Maxstaliyev, Doniyor Ismoilov, Sergey Rekun, Murod Bobojonov.

Manba: uff.uz

Top