Jahon | 08:46 / 26.07.2015
10003
1 daqiqa o‘qiladi

“Hizbulloh” yetakchisi AQShni “buyuk shayton” deb atadi

Livanning “Hizbulloh” qurollangan guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘zining Eron va “oltilik” o‘rtasidagi yadroviy kelishuvga bag‘ishlangan nutqida AQShni “buyuk shayton” deb atadi, deb xabar bermoqda “Al-Arabiya” telekanali.

Nasrullohning aytishicha, Eron G‘arb bilan erishilgan kelishuvlarga qaramasdan, tashkilotni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmasligiga ishonishini aytdi.

“Oyatulloh Ali Xameneiy ittifoqchilarini sotmasligini aytdi. “Hizbulloh esa ular orasida alohida o‘ringa ega”, deb aytdi Nasrulloh va AQShni “buyuk shayton bo‘lganini va bo‘lib qolishini” ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish