15:44 / 26.07.2015
3410

2015 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 344,2 mlrd so‘mlik charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarildi

Modernizatsiyalash va moddiy texnika bazasini mustahkamlashda real sektor korxonalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yengil sanoatning dinamik rivojlanishi uchun imkoniyat yaratdi.

Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida 6004,4 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 114,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bergan.

Hisobot davrida yengil sanoat mahsulotining respublika jami sanoat mahsulotidagi ulushi 14,7 foizni tashkil etdi va o‘tgan yilning tegishli davri ko‘rsatkichlariga nisbatan 0,4 ga (14,3 foiz) o‘sdi.
2015 yilning yanvar-iyun oylarida respublika to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan 4399,8 mlrd. so‘mlik (2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 112,2 foiz), jumladan: ip-gazlama sanoatida 1185,9 mlrd. so‘mlik (119,3 foiz) va trikotaj sanoatida 400,5 mlrd. so‘mlik (116,2 foiz); tikuvchilik sanoatida 1113,1 mlrd. so‘mlik (122,8 foiz); charm-poyabzal sanoatida 344,2 mlrd. so‘mlik (122,0 foiz) mahsulotlar ishlab chiqarildi.

O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan, yengil sanoat tarmog‘idagi yirik korxonalar tomonidan xom ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish – 1,6 martaga, chakana savdo uchun qadoqlanmagan paxtadan yigirilgan pishitilgan ip – 1,3 martaga, tukli, paxmoq trikotaj polotnolar – 3,2 foizga, tikuv-trikotaj mahsulotlar – 1,2 martaga, shu jumladan: trikotaj yoki to‘qilgan ustki kiyimlar – 2,1 martaga, ish kiyimlar – 1,6 martaga oshgan.

Top