22:24 / 26.07.2015
2719

Shahrisabzda 1.5 yil ichida 18ta moliyaviy va valyuta huquqbuzarligi qayd qilindi

2014 yil hamda 2015 yilning birinchi yarim yili davomida SVOJJDLQK departamentining Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan moliyaviy va valyutaga doir 18ta huquqbuzarlik fosh qilindi. Ular davomida 82.983 mln so‘mlik noqonuniy mollar olib qo‘yilgan. Davlat byudjyetiga yetkazilgan moddiy zararning 85.373 mln so‘mlik qismi undirildi. Bu haqda departament katta surishtiruvchisi Madamin Mansurov ma'lumot berdi.
Jumladan, bir qancha xufiyona sexlar faoliyati fosh qilinib, ulardan 19.644 mln so‘mlik tovar va moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Firmalar tomonidan soliqdan yashirilishi natijasida yetkazilgan moddiy zarar holatlari ham aniqlandi. Jumladan, tumanda faoliyat yurituvchi “Teginabonu” firmasi 2010-2014 yillarda yalpi tushum summasini 1.627 mlrd so‘mga kamaytirib ko‘rsatgani natijasida davlat manfaatlariga 81.373 mln so‘mlik zarar qoplab berildi.
Bundan tashqari, mazkur firma tomonidan 2011 yilda Rossiyadan 1.174 mln dollar miqdorida kungaboqar yog‘i O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan bo‘lib, mahsulot naqd pulga sotib yuborilgan. Undan tushgan 1.608 mrd so‘mlik naqd pul bank muassasalariga topshirilmagan. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top