07:07 / 27.07.2015
3672

Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyaga olib kirmoqchi emas

Turkiya hukumati Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarini olib kirishni rejalashtirmagan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudogluga asoslanib, Reyter nashri xabar berdi.

Uning ma'lum qilishicha, Turkiya AQSh bilan Suriya hududidagi IShID jangarilariga qarshi havodan zarbalar yo‘llash jarayonlarida hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Shuningdek, Turkiyada NATO a'zolarining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Top