08:42 / 28.07.2015
2445

Bryussel markazida qurolli erkak ayol va bolalarni asirga oldi

Bryussel shahrining markazida qurolli erkak ayol va bolalarni asirga oldi. Ayni paytda aksilterror guruhi Iksel kommunasini qurshovga olgan. Bu haqda RTBF kanali xabar bermoqda.

“Gap Dotsenberg ko‘chasida joylashgan uyda asir olinishi haqida ketmoqda”, – dedi telekanal muxbiri.

Aytilishicha, qurolli erkak xonadon ichida ayolni va uning bolalarini asirlikda tutib turibdi. Politsiya qurol qo‘llamaslikka umid qilib, muzokaralar olib bormoqda.

Bryussel-Iksel politsiyasi markaziy boshqarmasi matbuot kotibi Ilze Van De Keyer shu hududda operatsiya olib borilayotganini tasdiqladi, ammo boshqa tafsilotlarni ma'lum qilmadi.

Top