Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:57 / 28.07.2015
1932
1 daqiqa o‘qiladi
Filipe Luis "Atletiko Madrid" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi
“Chelsi” himoyachisi Filipe Luis “Atletiko Madrid” klubiga o‘tdi. Bu haqda ikki klubning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
29 yoshli futbolchining shartnomasi 4 yil muddatga tuzilgan. Jamoalar transfer bahosini oshkor qilmadi. Avvalroq, “Atletiko” futbolchi uchun 16 mln yevro to‘lashi haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uchun, Filipe Luis “Atletiko” tarkibida 2010-2014 yillarda to‘p surgan. 2015 yilda 22 mln yevro evaziga “Chelsi”ga o‘tgan edi. Angliya Premer ligasi doirasida futbolchi 15ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish