15:50 / 29.07.2015
3243

Bloomberg: sanksiyalar Rossiya banklarini Gongkongda naqd pul qidirishga majbur qildi

G‘arbning iqtisodiy va siyosiy sanksiyalari Rossiya banklarini tashqi kreditorlar oldidagi 117 mlrd dollarlik qarzlarini restrukturizatsiya qilish uchun Gongkongdan naqd pul qidirishga majbur qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Gazprombrank Gongkongdan kredit mablag‘lari qidirmoqda va shu bilan birga u yerda qimmatbaho qog‘ozlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Undan tashqari, Vneshekonombank va Sberbank ham o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini Gongkong birjasida ko‘rmoqchi.
VTB banki o‘z obligatsiyalarini savdo maydonchasida joylashtirdi, guruhning bu boradagi daromadi oktabrda 8.04 foizni tashkil qilgan edi.
Agentlikning ta'kidlashicha, Xitoy xorijlik emitentlarni rag‘batlantiradi, negaki yuanni dollardan keyingi ikkinchi xalqaro zaxira valyutaga aylantirmoqchi.

Top