09:39 / 29.07.2015
7546

Eron yetti davlat bilan vizasiz tartibni joriy qildi

Eron yetti davlat fuqarolari uchun kirish vizalarini bekor qildi. Bu haqda Kayhan gazetasi yozmoqda.

“Endilikda Turkiya, Livan, Ozarbayjon, Gruziya, Boliviya, Misr va Suriyadan tashrif buyurgan sayyohlar Eronda vizasiz aylanishi mumkin bo‘ladi”, – deyiladi xabarnomada.
Ushbu davlat fuqarolari Eron hududida 90 kungacha vizasi qolishi mumkin bo‘ladi. Bu chora mamlakatning turistik infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Eron yana 60 davlat bilan viza tizimini bekor qilish masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Top