International Champions Cup: «Barselona» penaltilar seriyasida «Chelsi»ga mag‘lub bo‘ldi
International Champions Cup musobaqasining yana bir o‘yinida "Chelsi" hamda "Barselona" klublari o‘zaro kurash olib borishdi. O‘yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 10 daqiqadayoq Azar hisobni ochdi. 52 va 66 daqiqalarda Suares hamda Sandro tomonida kiritilgan gollar "Barselona"ni oldinga olib chiqdi, lekin Keyxill 85 daqiqada hisobni tenglashtirib, o‘yinni penaltilar seriyasiga olib o‘tdi.
Belgilangan penaltilar seriyasida "Chelsi" ustun keldi. Londonliklar safida Falkao, Mozes, Ramires va Remi o‘z imkoniyatlarini golga aylantirishdi, "Barselona" tarkibida esa faqat Inesta va Sandro aniq zarba yo‘llab, Pike va Xalilovich xato qilgach, hisob 4:2 ko‘rinishini oldi.
International Champions Cup
Chelsi – Barselona – 2:2, 4:2 penaltilar bo‘yicha (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – Azar, 10. 1:1 – Luis Suares, 52. 1:2 - Sandro, 66. 2:2 – Keyxill, 85.
«Chelsi»: Kurtua, Ivanovich, Zuma, Keyxill (Chaloba, 88), Aspilikueta (Terri, 62), Fabregas (Mozes, 64), Matich (Obi Mikel, 61), Kenedi (Villian, 46), Oskar (Ramires, 46), Azar (Falkao, 68), Diyego Kosta (Remi, 60).
«Barselona»: ter Stegen (Masip, 60), Adriano (Alba, 60), Bartra (Pike, 59), Mate (Vermalen, 59), Duglas, Rakitich (Inesta, 60), Buskets (Samper, 61), Jyerar (Rafinya, 61), Sandro, Luis Suares (Pedro, 62), Munir (Xalilovich, 73).