01:55 / 29.07.2015
5074

Xillari Klinton muhabbatni hayotning eng muhim qismi deb hisoblashini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton muhabbatni hayotning eng muhim qismi deb hisoblashini aytdi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.

Klinton bir bolakayning savoliga shu tariqa javob berdi. Bolakay Klintonga “Hayotda nima muhimroq: ta'lim, sog‘liqni saqlash yoki yana nimadirmi?” deb savol bergan.

“Qanday ajoyib savol. Hayotda eng muhim narsa – bu muhabbat. Shu bilan birga u hayotning eng murakkab qismidir ham”, deb javob berdi Klinton.

Avvalroq Rossiya prezidenti ham hayot mazmuni muhabbatdan iboratligini aytgan edi. Rossiyaning avvalgi prezidenti Dmitriy Medvedev 2009 yilda insonning hayotidagi eng muhim qadriyatlardan biri muhabbat ekanini ta'kidlagan edi.

Top