O‘zbekiston | 17:33 / 30.07.2015
7265
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidagi tramvay yo‘li olib tashlanadi

Toshkentda 13-raqamli tramvay qatnaydigan Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidagi tramvay yo‘li olib tashlanadi. Bu haqda «Toshkent tramvayi» va «Toshshahartransxizmat» kompaniyalari ma'lumot bergan.

Mazkur ma'lumot e'lon Feysbukdagi «Potrebitel.uz» guruhiga joylashtirildi. Shu maqsadda 13-raqamli tramvayning «Qo‘yliq markazi—TTZ» qatnov yo‘lini qisqartirish rejalashtirilgan.

E'londa yozilishicha, avgust oyidan ushbu yo‘nalishdagi tramvay Qo‘yliqdan «Toshkent» vokzaligacha (Shimoliy vokzal) qatnaydi. Qisqartirilgan yo‘nalish bo‘ylab qatnovni ta'minlash maqsadida 96-raqamli avtobus qatnov yo‘li o‘zgartiriladi. Avtobus Uspenskiy nomidagi musiqa akademik litseyidan vokzalgacha Sodiq Azimov, Amir Temur va Turkiston ko‘chalari bo‘ylab qatnaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish