00:18 / 31.07.2015
2989

AQSh, Gruziya va Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga Sochidagi Olimpiadada teraktlarning oldini olishda yordam berganlari ma'lum qilindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov AQSh, Gruziya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari maxsus xizmatlari xodimlari rossiyalik hamkasblariga 2014 yilda Sochida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari obektlariga terrorchilar tomonidan uyushtirilmoqchi bo‘lgan hujumlarning oldini olishga yordam berganlarini ma'lum qildi.

“2014 yilgi Olimpiadaga tayyorlanish va uni o‘tkazish paytida biz dunyoning ko‘plab davlatlari, avvalambor Fransiya, Germaniya, Avstriya, AQSh va Gruziyadagi hamkorlarimiz bilan birga olimpiya obektlariga tayyorlangan bir qator terrorchilik hujumlarining oldini olishga muvaffaq bo‘ldik”, deb aytmoqda Bortnikov.

Avvalroq Ij elektromexanik zavodi “Kupol” zavodi vakillari “Tor” zenit-raketa majmualari yordamida Sochida o‘tkazilgan 2014 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi teraktlar oldi olinganini ma'lum qilgandilar.

Top