Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:44 / 31.07.2015
3360
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya va Turkmaniston prezidentlari mintaqa xavfsizligi masalasida fikr almashdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turmaniston hukumat portali orqali axborot berildi.
Muloqot chog‘ida ikki tomon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini, ikki tomonlama aloqalar istiqbollarini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb muammolarini muhokama qildi.
Turkmaniston davlat axborot agentligining ma'lum qilishicha, suhbat Turkmaniston rahbarining tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan.