18:40 / 01.08.2015
16399

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining narxi qancha?

Yevropada yozgi transfer darchasi ochilgan va futbolchilar oldi-sotdisi qizg‘in avj olgan. Deyarli har kuni qaysidir futbolchining qanchadir miqdordagi summa evaziga yangi jamoaga o‘tganligi haqidagi xabarlar ketma-ketligi tinmayapti. Biz O‘zbekistonlik futbolchilarning ham narxlari qancha ekanligiga qiziqib ko‘rdik. Shu bois transfermarkt.de saytida terma jamoamiz futbolchilariga qo‘yilgan narxlar bilan sizni tanishtirib o‘tishni lozim deb topdik.

Darvozabonlar

1. Ignatiy Nesterov (32 yosh) - 1 mln.yevro
2. Eldorbek Suyunov (24 yosh)- 150 ming yevro
3. Akbar To‘rayev (25 yosh) – 150 ming yevro
Terma jamoamizning 3 nafar darvozabonining umumiy narxi 1,3 mln.yevroga teng. Birinchi raqamli posbonimiz hisoblanadigan Ignatiy Nesterov 1 mln.yevroga baxolangan. Qolgan ikki darvozabon Suyunov va To‘rayevga esa 150 ming yevro belgilangan.

Himoyachilar

1. Vitaliy Denisov (28 yosh) – 6 mln.yevro
2. Anzur Ismoliov (30 yosh) – 375 ming yevro
3. Yegor Krimets (23 yosh) – 350 ming yevro
4. Islom To‘xtaxo‘jayev (25 yosh) – 350 ming yevro
5. Akmal Shoraxmedov (29 yosh) – 350 ming yevro
6. Shavkat Mullajonov (29 yosh) – 150 ming yevro
7. Shuhrat Muxammadiyev (26 yosh) – 150 ming yevro
8. Farrux Sayfiyev (24 yosh) – 150 ming yevro
Himoya chizig‘i vakillarining 8 nafarining umumiy bahosi 7,8 mln.yevroga teng. Bu borada eng baland narx shubhasiz Denisovga berilgan. Ayni paytda Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Vitya 6 mln.yevroga baxolangan. Xitoyda to‘p surayotgan Ismoliov esa ikkinchi qimmatbaxo himoyachimiz hisoblanadi. Shuningdek Krimets va To‘xtaxo‘jayevga 350 ming, Mullajonov, Muhammadiyev va Sayfiyevlarlarga 150 ming yevro narx qo‘yilgan.

Yarim himoyachilar

1. Odil Ahmedov (27 yosh) – 8,5 mln.yevro
2. Server Jyeparov (32 yosh) – 1,3 mln.yevro
3. Sanjar Tursunov (28 yosh) – 1,2 mln.yevro
4. Jamshid Iskandarov (21 yosh) – 500 ming yevro
5. Azizbek Xaydarov (30 yosh) – 500 ming yevro
6. Fozil Musayev (26 yosh) – 400 ming yevro
7. Lutfulla To‘rayev (27 yosh) – 350 ming yevro
8. Jasur Xasanov (31 yosh) – 275 ming yevro
9. Shoxrux Gadoyev (23 yosh) – 175 ming yevro
Yarim himoya chizig‘i vakillariga qo‘yilgan narx himoyachilarnikiga qaraganda ancha yuqori. Misol uchun “Krosnadar” safida harakat qilayotgan Odil Ahmedovning bitta o‘zi butun boshli himoya chizig‘imizdan ham qimmat turadi. Sayt ijodkorlari Odilni 8,5 mln.yevroga baxolashgan. Umuman olganda bu O‘zbekistonlik futbolchilar uchun qo‘yilgan mutloq rekord narxdir. Terma jamoamiz sardori Server Jyeparov va Ukrainadagi legionerimiz Sanjar Tursunovlar 1 mln.yevrodan baland turishar ekan. Iskandarov va Xaydarov umumiy hisobda 1 mln.yevro turishsa, Musayev 400 ming, To‘rayev 350 ming, Xasanov 275 ming va Gadoyev 175 ming yevroga baxolangan. 9 nafar yarim himoyachimizning umumiy narxi 13,2 mln.yevroni tashkil qilmoqda.

Hujumchilar

1. Baxodir Nasimov (28 yosh) – 300 ming yevro
2. Igor Sergeyev (22 yosh) – 300 ming yevro
3. Sardor Rashidov (24 yosh) – 150 ming yevro
Afsuski hujum chizig‘i vakillari o‘zlariga qo‘yilgan narxlar bilan maqtana olishmaydi. Nasimov va Sergeyev bir hil 300 ming yevrodan baxolangan. Eng qizig‘i yaqinda Qatar klubiga 2,1 mln.yevroga sotib yuborilgan Sardor Rashidov atigi 150 mingga baxolangan. Ajab emas yaqin orada Sardorning narxi 10-20 barovarga ko‘payib ketsa. 3 ta hujumchimizning umumiy narxi atigi 750 ming yevroga teng!

Albatta bu narxlarning ba'zilari real hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Ayrim futbolchilarning narxlari oshirib, ba'zilariniki pasaytirib yuborilgan. Terma jamoamizning 23 nafar futbolchisining umumiy narxi 23 million 125 ming yevroga teng. O‘rtacha olganda har bir futbolchi 1 mln.yevro turadi.

O‘zbekiston terma jamoamisining eng qimmat 5 futbolchisi

1. Odil Ahmedov – 8,5 mln.yevro
2. Vitaliy Denisov – 6 mln.yevro
3. Server Jyeparov – 1,3 mln.yevro
4. Sanjar Tursunov – 1,2 mln.yevro
5. Ignatiy Nesterov – 1 mln.yevro

Furqat Yusupov tayyorladi
Manba: furkat.uz

Top