18:03 / 03.08.2015
5945

IShID pozitsiyalariga berilgan aviazarbalarda 15 ming jangari halok bo‘ldi

IShID pozitsiyalariga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tomonidan berilgan aviazarbalarda 15 ming jangari halok bo‘ldi. Bu haqda AQShning Iroqdagi elchisi Styuart Jons Al Arabiya kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, koalitsiya aviatsiyasi operatsiya chog‘ida 3 ming marta parvoz uyushtirgan, berilgan zarbalar natijasida esa 15 mingdan ortiq jangari o‘ldirilgan.
IShID qo‘shinlari o‘tgan yilning yozidan Suriya va Iroqning shimoliy hududlarida harbiy harakatlar olib bormoqda. Ayni paytda u Suriyaning yarmini, Iroqning uchdan bir qismini nazorat ostida ushlab turibdi.
AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari guruh pozitsiyalarini o‘tgan yil yozidan buyon havodan o‘qqa tutib keladi. 60tacha davlat koalitsiyada ishtirok etish niyatini bildirgan.

Top