01:55 / 03.08.2015
2591

Krishtianu Ronaldu: «Dastlab professional futbolchi bo‘laman deb o‘ylamagandim»

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida professional futbolchi bo‘lishi haqida umuman o‘ylamaganini tan oldi.

“Mening oilamda hamma futbolni yaxshi ko‘radi. Bir marta ko‘chada futbol o‘ynab yurganimda otam: “Men ishda bo‘lganimda, jamoa bilan mashg‘ulot qilsang qanday bo‘larkin?” deb aytgan so‘zlari esimda.
Men rozi bo‘ldim. Shu tariqa futbol o‘ynashni boshladim. Men har kuni mashg‘ulotlarga borardim va jamoaning bir qismi ekanligimdan huzurlanardim. Otam ham doimo yonimda bo‘lardi. Dastlab menga men boshqa bolalardan ajralib turadigandek tuyulardi. Men professional futbolchi bo‘laman va “Manchester Yunayted”, “Real” va “Sporting”dek klublarda to‘p suraman deb umuman o‘ylamaganman.
Men o‘shanda o‘yindan huzurlanib, o‘z qobiliyatim haqida o‘ylamasdim ham”, deb aytmoqda Ronaldu.

Top