Toshkent-Baliqchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida harakatlanadigan 451/452 raqamli turistik poyezd 16, 23, 30 avgust, yakshanba kunlari soat 13-27 da Toshkentdan jo‘nab ketadi. Poyezd Baliqchiga 17, 24, 31 avgust, dushanba, kunlari soat 12-44 da yetib boradi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati xabar berdi.
Baliqchidan reysning jo‘nash vaqti 18, 25 avgust, 1 sentabr seshanba kunlari soat 02-55 da va Toshkentga yetib borish vaqti 19,26 avgust, 2 sentabr kunlari 07-43 ga belgilangan.