23:25 / 03.08.2015
3115

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi Asia Alliance Bank bankiga 3 mln dollar taqdim qildi

2015 yilning 29 iyulida O‘zbekistondagi “Asia Alliance Bank” ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi o‘rtasida 3 mln dollar miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim qilish haqida kelishuv imzolandi.

Bu mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun taqdim qilinadi.

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi Islom taraqqiyot banki guruhiga kiradi.

Islom taraqqiyot banki vakolati sohasiga shariat qonunlariga muvofiq holda xususiy sektordagi loyihalarni moliyalashtirishni ta'minlash bilan xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali bankka a'zo davlatlar iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash kiradi. Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi davlatlar va xususiy tashkilotlarga xususiy korxonalarni tashkil etish, kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Top