O‘zbekiston | 10:42 / 04.08.2015
9426
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda Toshkent metrosidagi yangi vagonlar tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Toshkent metrosi O‘zbekistondagi transport tizimidagi istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida metroning Yunusobod liniyasi ishga tushirildi va liniyalarni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 

Bu haftada Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi Toshkent aholisi va mehmonlarini modernizatsiya qilingan yangi poyezdning ishga tushirilishi bilan xushnud etdi. Poyezdning texnik ko‘rsatkichlari o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan takomillashtirilgan.

“Toshkent metrosida to‘liq ta'mirlash-qayta tiklash ishlaridan o‘tgan elektropoyezd foydalanishga kiritildi. Ta'mirlash jarayonida vagonlarning pnevmatik va elektrik bo‘g‘inlari, vagon eshiklari privodining bo‘g‘in va detallari chuqur modernizatsiya qilindi, poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash, yong‘inlarni aniqlash va o‘chirishning yangi avtomatik tizimlari qo‘llandi”, deb aytmoqda “Toshkent metropoliteni” DAKning harakatdagi tarkib xizmati boshlig‘i Ravil Xismatullin.

Metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilar ham vagonlarning yangi dizayniga munosib baho berishdi. Ular yangi vagonlar chiroyli, shinam, qulay ishlangani, bexatarligini ta'kidlab o‘tishdi.