06:44 / 05.08.2015
6160

Chechenistonda ayollar uchun mo‘ljallangan ilk plyaj paydo bo‘ldi

Chechenistonda ayollar uchun mo‘ljallangan ilk plyaj paydo bo‘ldi. Plyaj maydoni 5 ming kvadrat metrdan tashkil topgan bo‘lib, 3 metrlik panjara bilan o‘rab chiqilgan.

Plyaj Grozniy chekkasidagi Grozniy dengizi deb ataluvchi havza sohili bo‘yida, “Laguna” dam olish bazasida ochildi. Plyajga qum Kaspiy dengizidan keltirildi.

TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, plyajga faqatgina ayollar va qizlar hamda 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar kirishlari mumkin.

Plyaj hududida kafe, tibbiy punkt va namoz uchun kichkina masjid mavjud.

Xizmat ko‘rsatuvchi personal faqat ayollardan tashkil topgan.

Top