Sport | 15:16 / 05.08.2015
1864
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Di Mariyaning «PSJ»ga transfer qilinishidan 8 mln yevro ishlab oladi

“Real” jamoasi o‘zining sobiq yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning «Manchester Yunayted»dan «PSJ»ga transfer qilinishidan 8 million yevro ishlab oladi. Bu haqda Inside Spanish Football nashri Cadena Cope radiosiga asoslanib xabar tarqatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 1 yil oldin "Real" bu futbolchisini "MYu"ga sotganida uning transfer huquqining bir qismini o‘zida saqlab qolgan.

Xabarda aytilishicha, “MYu”ning parijliklardan oladigan 63 mln yevroning 8 mln dollardan iborat qismi "Real" hisobiga o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish