16:46 / 06.08.2015
2049

Malida qurolli shaxslar UTair xodimlariga hujum qildi

Malida Rossiyaning UTair aviakompaniyasining xodimlariga noma'lum qurolli shaxslar hujum uyushtirdi. Bu haqda Rossiya TIV axborot berdi.
“5 avgust kuni Bamako shahrida noma'lum shaxslar guruhi tomonidan UTair aviakompaniyasining vakolatxonasiag qurolli hujum uyushtirildi. Hujumda o‘tochar qurollar va granatalar qo‘llandi. Baxtli tasodif tufayligina rossiyaliklar va mahalliy aholi vakillaridan hech kimga zarar yetmadi”, – deyiladi vazirlikning saytida e'lon qilingan xabarnomada.
Rasmiy Moskva xorijliklarni qo‘rqitishga qaratilgan ushbu aksiyani qattiq qoraladi. TIV esa mamlakat rahbariyatini voqeani taftish qilib, aybdorlarni jazolashga chaqirdi.

Top