Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:27 / 06.08.2015
1902
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvada politsiyachi o‘smirni urib ketdi
Moskvaning janubidagi Kolomenskiy yo‘lida politsiyachi 14 yoshli o‘smirni mashinada urib ketdi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.
Ayblanuvchi – Tagansk tumani IIB jinoiy qidiruv bo‘limi kichik xodimi Renault Logan mashinasida ketayotganida 14 yoshli bolani urib yuborgan. Ta'kidlanishicha, u voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasini chaqirgan, shuningdek, o‘smirga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Politsiyachiga nisbatan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish